Новости

последние новости

Simobli Qopqon
Hamma yerda shu xolat, bir xil, yildan yilga oddiy gradusnik(tana haroratini oʻlchovchi) ning narxi qimmatlab sifati pasayib bormoqda. Xatto eng katta ishlab chiqaruvchi Xitoyda ham shunday. Ba'zida shu oddiy buyum dorixonalardan topilmay qoladi. Nima gradusnik ishlab chiqarish qiyinmi??? 
Aslida qiyin emas oddiygina Simob kerak xolos  
Yaponiyada  1932-yildan boshlab 36 yil mobaynida odamlarni gʻalati kasallik bilan vafot etishi 10 000 dan oshib ketadi.  Aslida bu holat 1908-yildan boshlangan, faqat u paytda bu kasalikka unchalik eʼtibor berishmagan. Odamlarning oʻlimi gʻaroyib va kasallik esa yuqumli emas edi. Oʻlim vaqtida odamlar tirishib gʻalati harakatlar bilan kuchli ogʻriqdan qiynalishar edi, bu ham qoʻrqinchli ham sirli tuyular edi. 36 yillik vaqt davomidagi qandaydir izlanishlar bunga kimyo zavodinining dengizga oqizgan axlatlari sabab ekanligi, axlatda esa koʻp  miqdorda simob boʻlgani aniqlanadi. Bu xolatda tabiiyki simob baliqlar tanasida toʻplanib borgan. Baliqni yegan Minamata aholisi35 foiz xolatlarda zaharlanib hayoti oʻlim bilan tugagan.
2009 yil 16-avgustda "Simob bo'yicha Minamata  besh yilligi" tadbiri boʻlib o'tgan. Unda Chisso kompaniyasi (oʻsha 1908 yildan boshlab kimyoviy modda ishlab chiqarivchi kompaniya) shu paytgacha sirli oʻlim bilan vafot etganlarning oilalariga jami 86 million dollar tovon puli toʻlagan va bu boyicha Konventsiya imzolangan. Sababi oddiy simob hamon suvga oqiziladi, atmosferada haligacha bor. Konventsiya 2013-yil 10-oktabrda qabul qilingan va 2017-yil 16-avgustda kuchga kirgan. Ya'ni bundan buyon simobli lampochkalar, tish plombalari, priborlar, gradusniklar, simobli parfyumeriyalar ishlab chiqarish yildan yilga kamayib boradi. Eksport va import ham shu qoidaga koʻra nazorat ostida kamayib boradi.
JSST(jaxon sog'liqni saqlash tashkiloti) simob inson salomatligiga salbiy nevrologik va boshqa ta'sirlarni ko'rsatadigan zaxarli modda sifatida tan olinishini bir necha bor ta'kidlagan. Bu, ayniqsa, chaqaloqlar uchun xavflidir.
To'g'ri simobli gradusniklarga ko'pchilik oʻrganib qolgan, lekin endi elektron yoki simobsiz boshqa gradusniklarga o'tishimiz kerak. Ularni narxi qimmatroq boʻlishi mumkin ammo ular zaxar emas. Qoʻrqmasdan ishlatish mumkin. 
 Ko'pchilikdan eshitib qolamiz "biz bu davlatdan shuncha yil, u davlatdan buncha yil orqadamiz deb" agar dunyo tajribasi boʻyicha yashasak oʻz sogʻlimizga vaqtida e'tibor bersak xech kimdan orqada qolmaymiz.  Aksincha boʻlsa oʻsha tarixdagi bechora Yaponiyaning Minimata aholisi kabi oʻzimizga qopqon yasashimiz mumkin. Shunday ekan tibbiyotdan ortda qolish bu daxshat.....
 
 
Yana boshqa yangiliklar uchun https://vitainfo.uz/uz/news/?page=1yangiliklar
Dorilar haqidagi ma'lumotlar uchun VITAinfo.uz/dorilar.
Savol Javoblar bo'limi uchun VITAinfo.uz/savoljavoblar.
VITAinfo.uz

2022.08.31